Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi

NARMUXAMEDOV YAKUBJON ERKULOVICH
Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi
Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, universitetda 2021-yil 7-iyundan e’tiboran Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etilgan. Bo‘limning asosiy maqsadi universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari hamda talabalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishdan iborat hisoblanadi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki siyosat va «Komplayens-nazorat» tizimini yuritish
- Korrupsiyaviy risklarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish choralarini ishlab chiqish
- Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish bo'yicha profilaktik ishlarni tashkil etish
- Xodimlar va talabalar o'rtasida halollik madaniyatini shakllantirish treninglari o'tkazish
- Korrupsiyaga oid murojaatlarni ko'rib chiqish va tegishli organlar bilan hamkorlik qilish
Tegishli me'yoriy hujjatlar
Bo'lim xodimlari1
Mamajonov Iqboljon Tursunali o'g'li
Bosh mutaxassis
998979932802