Kelajakka qadam
«Kelajakka qadam» dasturi doirasida yoshlar va oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun turli yo'nalishlarda moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.
Dastur orqali yaratilgan imkoniyatlar
Loyihalar
Mazkur bo'limda «Kelajakka qadam» dasturi doirasida oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchilari tomonidan amalga oshirilgan tadbirkorlik loyihalari, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqida ma'lumotlar muntazam yoritib boriladi.
Kredit mahsulotlari
Mazkur bo'limda «Kelajakka qadam» dasturi doirasida talabalar va yoshlar uchun taklif etilayotgan imtiyozli kredit mahsulotlari to'g'risidagi ma'lumotlar yoritib boriladi.

«Tadbirkorlikka ilk qadam»
O'zini o'zi band qilgan o'ttiz bir yoshga to'lmagan bitiruvchi va yoshlarning biznes g'oyalarini moliyalashtirish

«Biznes start»
Mustaqil biznes boshlamoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish

«Biznes progress»
Faoliyatini kengaytirayotgan talaba va yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish

«Talaba invest»
Bitiruvchi va yoshlarni ishga olgan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi loyihalarini moliyalashtirish
Qo'llab-quvvatlash loyihasi«Mening birinchi kasbim»
Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish
Oliygoh bitiruvchilari orasida tanlov o'tkazilib, ularga malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHMgacha stipendiya ajratiladi
BatafsilKredit shartlari bank tomonidan yangilanishi mumkin. Amaldagi shartlarni nbu.uz saytida yoki bank aloqa markazida aniqlashtiring.
