Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)
Andijon davlat universiteti BMTning 2030-yilgacha mo'ljallangan barqaror rivojlanish kun tartibini qo'llab-quvvatlaydi va 17 maqsadga erishishga hissa qo'shadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari nima?
Barqaror rivojlanish maqsadlari (inglizcha Sustainable Development Goals, SDG) — Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 193 davlat tomonidan 2015-yil sentabrda qabul qilingan «2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi»ning asosini tashkil etuvchi 17 ta global maqsaddir. Ular qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni asrash va barcha insonlar farovonligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, 169 ta aniq vazifani o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasi ham 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni tasdiqlagan hamda ularning ijrosi bo'yicha tizimli ishlarni olib bormoqda. Oliy ta'lim muassasalari, jumladan Andijon davlat universiteti ham ta'lim, ilm-fan, ijtimoiy himoya, atrof-muhitni asrash va inklyuziv rivojlanish yo'nalishlarida ushbu maqsadlarga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
BMT barqaror rivojlanishning 17 maqsadi
ADUning maqsadlarga qo'shayotgan hissasi
Ochlikka barham berish
2-maqsad
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.12.2022 yildagi 716-son “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlari barqarorligini ta’minlash hamda mahsulotlar xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida berilgan vazifalarni ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatish va zarur choralar ko‘rish; asosiy turdagi tovarlar (mahsulotlar) narxlarining o‘zgarishi dinamikasini monitoring qilish, ularning tebranishiga ta’sir etgan omillarni va ularning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish; vakolatli organ tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ombordagi tovarlari (mahsulotlari) mavjud zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma va ko‘rsatmalar berish; Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish ishlarni tashkil qilish kabi tashiliy choralar ko‘rilgan.
Qashshoqlikka barham berish
1-maqsad
Yoshlarga oid davlat dasturi doirasida hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan isloxotlarga hamohang tarzda, shuningdek, viloyat hokimligiining kambag‘allikni qisqartirish borasida berayotgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetining ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarini moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, universitetda tahsil olayotgan 21 nafar chin yetim talabalarga har oy bazaviy stipendiyaning 50% oshirilgan holda to‘lov qilib berildi, 20 nafar qalqon jamoatchilik guruhi azolari hamda 23 nafar kordinatorlarga har oy bazaviy stipendiyaning 1-3 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirish berildi, talabalar turar joyida istiqomat qilgan jami 20 nafar talabaga 50% miqdorida talabalar turar joylari to‘lovidan ozod qilindi, 3 dekabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 120 nafar nogironligi bor talabalarga 68 mln 670 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirildi.
Iqtidorli talabalardan iborat ijodiy jamoalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Jadidlar jasorati – millatimiz faxri» mavzusida yozilgan insholar tanlovida (universitet bosqichida) g‘olib bolgan talabalarga bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida, futzal sport turi bo‘yicha «Talabalar ligasi» hamda «Universiada» sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga umumiy hisobda 77 mln 475 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirildi
O‘zbekiston «Quvnoqlar va Zukkolar» assotsiyasining 2022 yil 10 martdagi 06-sonli xati asosida «Quvnoqlar va Zukkolar» ko‘rik-tanlovining «Vodiy liga» bahslarida g‘olib bo‘lganligi uchun universitet «Universal» jamoasining 10 nafar talabalarni esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Xalqaro hamda respublika musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga 184 mln 311 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirildi va bu hammasi emas, universitet, viloyat, Respublika tadbirlarida faol ishtirok etgan talabalarga jami hisobda 176 mln 837 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirili
Universitetda ushbu sohadagi ishlar keyingi o‘quv yilida ham keng ko‘lamda amalga oshiriladi.