Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Fakultetlar

0Fakultetlar
0Kafedralar
0Professor-o'qituvchilar
0Talabalar
01

Fizika-matematika fakulteti

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tarkibida 2025-yil tuzilma o‘zgarishlariga muvofiq, ilgari alohida faoliyat yuritgan Matematika va mexanika, Fizik va texnika, IT injeneringi fakultetlari birlashtirilib, ularning negizida Fizika-matematika va IT fakulteti tashkil etildi. Ushbu tuzilma islohoti ta’lim jarayonini integratsiyalash, fanlararo aloqalarni kuchaytirish va zamonaviy raqamli iqtisodiyot ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida amalga oshirildi. Dastlab fakultetlar XX asrning ikkinchi yarmidan Andijon pedagogika institutining asosiy bo‘limlaridan biri sifatida tashkil etilib, viloyat ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali matematika o‘qituvchilarini tayyorlashga yo‘naltirilgan. Fizika-matematika fakulteti esa, eng birinchi ochilgan fakultetlardan biri hisoblanadi. U 1953-yili Tabiiy fanlar fakulteti negizida tashkil topgan bo‘lib, 1974-yilga qadar R.Bobojonov, M.Azizov, M.G‘ofurovlar boshqargan. 1974-yilda 2 ta: matematika va fizika fakultetlariga ajratildi. Fizika fakultetining dekani lavozimiga fizika-matematika fanlar nomzodi N.So‘fixo‘jayev, matematika fakultetiga esa dotsent A.Tolipovlar faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu fakultetlar qo‘shilib, qaytadan fizika-matematika fakulteti tashkil qilinguncha alohida fakultetlarga dotsentlar: U.Qosimov, E.Musayev, D.Mamatisaqov, A.Ortiqov, T.Abdullayev, V.Mullajonov, R.Aliyevlar, shuningdek, 2005, 2007-2015, 2015-2020, 2021-2024 yillarda, V. Miladjonov, A. Hakimov, M.Mahkamov, X.Mansurovlar rahbarlik qilgan. O‘tgan yillar davomida yuzlab malakali mutaxassislar yetishib chiqqan bo‘lib, ular respublikamizning turli hududlarida ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. So‘nggi yillarida fakultet faoliyati yanada kengayib, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari, innovatsion dasturlar joriy etildi. Hozirda fakultet tarkibida 6 kafedra, fizika, mexanika va matematik modellashtirish, matematika, amaliy matematika, kompyuter injeneringi, axborot tizimlari va texnologiyalari, axborot xavfsizligi, dasturiy injiniring, sun’iy intelekt, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishlari mavjud. Fakultetda jami 130 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 8 nafari fan doktori, 43 nafari fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega hisoblanib, ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish va iqtidorli talabalarni olimpiadalarga tayyorlash bilan shug‘ullanadilar. O‘quv jarayonlari zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter sinflari, elektron ta’lim platformalari va axborot resurslari asosida tashkil etilgan.

DekanBoboyev Akramjon Yo'ldashboyevich
4 kafedralar75 professor-o'qituvchilar
Batafsil
02

Filologiya fakulteti

Farg‘ona vodiysida filolog kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda 1936 yilda Andijon davlat kechki pedagogika institutida o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun baza yaratila boshlandi. 1939 yilda Andijon davlat o‘qituvchilar institutining kunduzgi va sirtqi bo‘limlariga talabalar qabul qilindi. 1992 yil 28 aprelda Andijon davlat pedagogika instituti bazasida Andijon davlat universitetini tashkil qilinishi munosabati bilan qator struktur o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, tarix, filologiya fakulteti bazasida ikkita – tarix va filologiya fakultetlari tashkil qilindi. Aytish kerakki, universitet maqomi berilgach, yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi. Jumladan, bu o‘rinda jurnalistika, sharqshunoslik mutaxassisliklari bevosita fakultet faoliyatiga taalluqlidir. Shu bilan bog‘liq ravishda fakultet ma’lum muddat “O‘zbek filologiyasi va jurnalistika”, “O‘zbek filologiyasi va sharqshunoslik” kabi nomlar bilan ham yuritildi. Ta’kidlash joizki, filologiya fakulteti nafaqat universitet miqyosida, balki respublikadagi oliy ta’lim muassasalari ichida katta ilmiy potensialga ega bo‘lgan, o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyotshunosligi ilmida katta ilmiy maktab yaratgan fakultetdir. Fakultetdagi jamoatchilik, tashkiliy, tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy faoliyatning yanada yuksalishida, rivojlanishida birinchi navbatda, fakultetda faoliyat yuritayotgan 15 nafar fan doktorlari, 40 ga yaqin fan nomzodlari (PhD), 5 nafar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda 1 nafar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, qolaversa tashkilotchi rahbar, bugungi kunda fakultet dekani sifatida faoliyat yuritib kelayotgan filologiya fanlari doktori, professor Rahmonov Bahodir Mamajonovichning xizmatlari beqiyos. Bugungi kunda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular quyidagilar: o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyotshunosligi, rus filologiyasi hamda ingliz filologiyasi kafedralari.

DekanRahmonov Bahodirjon Mamajonovich
4 kafedralar93 professor-o'qituvchilar
Batafsil
03

Kimyo va biologiya fakulteti

Kimyo va biologiya fakulteti uzoq yillik tarixga ega. U 1931 yildayoq Farg‘ona pedagogika institutining Andijon kechki bo‘limi tarkibida shakllangan va kimyo-biologiya fakulteti deb yuritilgan. 1931 yilda fakultet kimyo-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha birinchi guruhni qabul qilgan. 1931-1932 o‘quv yilida rus va o‘zbek tillarida o‘qitish uchun talabalar qabul qilinadi. O‘zbek tilidagi guruh Eski shaharda Anisiy ko‘chasidagi o‘quv binosida, rus tilidagi guruhlarga esa Yangi shaharda o‘quv binolarida mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. 1934 yilda fakultetni kimyo-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha birinchi o‘qituvchilar bitirib chiqishgan. 25 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirilgan. Ular orasida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi A.X.Muzaffarov, respublikada xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchilar Ye.P.Myasnisyan va A.Makeyevalar bor edi. 1930 yillarda fakultetda S.V.Averinsev, S.N.Deynekeva, A.M.Muhammadiyev, Axmadulin, G.Sh.Ilyosov, Shtepker, Shvarsbuxlar ishlagan. 1936 yilda kimyo-biologiya fakulteti negizida geografiya va biologiya bo‘limi ochiladi. 1939-1957 yillar mobaynida faoliyat yuritgan tabiatshunoslik fakulteti 1958 yildan boshlab biologiya fakulteti deb yuritila boshlanadi. 1939 yilda tabiatshunoslik va geografiya fanlari fakultetining geografiya bo‘limi ochilgan. Bu yerda professor N.I.Lonov faoliyat yuritadi. 1939 yilning sentyabr oyidan boshlab biologiya fanlari nomzodi S.Sahobiddinov tabiiy fanlar kafedrasini boshqaradi. U uzoq vaqt davomida institutdagi yagona dotsent hisoblangan. 1939 yilda tabiatshunoslik va geografiya fakultetining geografiya bo‘limiga o‘zbek tili bo‘yicha ikkita guruhga, rus tili bo‘yicha bitta guruhga talabalar qabul qilinadi. 1940 yilda biologiya bo‘limini 12 nafar talaba bitirgan, ular orasida R.M.Qaziyev, N.K.Chekusheva, shahar partiya qo‘mitasining kotibi bo‘lib ishlagan Oysha Yoqubovalar bor edi. Urush yillarida fakultetda bu yerga ko‘chirilgan biologiya fanlari doktori, professor A.V.Anuchin, kimyo fanlari doktori, professor P.Z.Fisher, mahalliy kadrlardan S.Sahobiddinov, K.T.Oxotnikov, N.M.Avezov, Sodiqov, I.Sotiboev, I.Chekusheva, A.Samatov, T.Abdullayevlar dars bergan. 1960 yildan 1967 yilgacha yana tabiatshunoslik fakulteti deb yuritilib, bu yerda biologiya va kimyo, biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, biologiya va geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan. 1968 yildan boshlab u biologiya fakulteti deb atala boshladi va bu yerda biologiya va kimyo (kunduzgi), geografiya (sirtqi), biologiya mutaxassisligi qo‘shilgan holdagi kimyo (kunduzgi), biologiya (sirtqi) o‘qituvchilari tayyorlangan. 1970-1975 yillarda biologiya fakulteti deb nomlanib, b.f.n., dots. M.Ibragimov, 1976-1985 yillarda b.f.n., dots. I.Badalxo‘jaev, 1981-1989 yillarda b.f.n., dots. S.X.Xoliqov boshqargan. 1992 yilda Andijon davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, biologiya fakulteti Andijon davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti deb nomlangan va bu fakultetga k.f.d., prof. I.R.Asqarov dekanlik qilgan, 1993 yili fakultet tarkibida kimyo va biologiya fakultetlari tashkil qilindi. 1993-2000 yillarda Kimyo fakultetiga k.f.n., dots. T.Yu.Nasriddinov, biologiya fakultetiga b.f.d., prof. T.A.Madumarov dekanlik qilgan. Biologiya fakultetiga 2001-2002 yillarda b.f.n., dots. A.Dadamirzaev 2003-2004 yillarda dots. U.Hafizov, 2004-2005 yillarda b.f.n., dotsent G‘.N.Jo‘raqulov, kimyo fakultetiga esa 2000-2004 yillarda k.f.n., dots. M.J.Xojimatov, 2004-2005 yillarda k.f.n., dotsent Sh.Isroilov dekanlik qilgan. 2005 yildan kimyo, biologiya, geografiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishlari qo‘shilib, kimyo-biologiya fakulteti tashkil qilingan. 2011-yildan fakultet Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti deb nomlangan. 2015-yildan Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi. 2017- yildan 2025-yilga qadar fakultetni k.f.d., prof. N.X.To‘xtaboyev boshqarib keldi. 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab fakultet Kimyo va biologiya fakulteti deb nomlana boshlandi. Xozirda fakultetni dotsent Q.Q.Otaxonov boshqarib kelmoqda.

DekanOtaxonov Qobuljon Qaxramonovich
5 kafedralar81 professor-o'qituvchilar
Batafsil
05

Huquq-iqtisod fakulteti

1998-yilda Andijon davlat universitetining “Tarix” fakulteti negizida Huquq-iqtisod fakulteti “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bilan ochilgan. Bu fakultet 2005-2011-yillarda “Milliy istiqlol g‘oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi ochilgandan keyin Pedagogika fakulteti tarkibida faoliyatini davom ettirgan. 2011-2014-yillarda Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida, 2015-yilga borib universitet rektorining 01-17/1-sonli “Universitet tarkibiy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan mustaqil fakultet sifatida Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetiga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yil PQ-42-son "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida “Andijon davlat universiteti” tarkibida 2025-yil 27-avgustdan “Huquq-iqtisod” fakulteti sifatida qayta nomlanib zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya xonalari, yuqori malakali pedagog xodimlarning o‘quv va ilmiy, ilg‘or pedagogik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan holatda samarali faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.2025-yil 16-yanvardan hozirgi vaqtgacha Andijon davlat universitetining “Huquq-iqtisod” fakulteti dekani sifatida samarali faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

DekanIsmailov Sarvarbek Anvarbekovich
4 kafedralar49 professor-o'qituvchilar
Batafsil
06

Sport va madaniyat fakulteti

Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti, sobiq Andijon davlat pedagogika institutining Kimyo-biologiya fakulteti qoshida “Jismoniy tarbiya” bo’limi sifatida 1958-yil tashkil qilindi. Shu vaqtda Kimyo-biologiya fakulteti dekani G.Sh.Ilyasov bo’limga bevosita rahbarlik qildi. Shu yil jismoniy tarbiya mutaxassisligiga talabalar qabul qilindi. 1964-yilda kimyo, biologiya fakultetlari alohida mustaqil fakultetlarga ajratildi. Jismoniy tarbiya bo’limi biologiya fakulteti ixtiyoriga o’tkazildi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.X.Yunusov tayinlandi. Kafedralar soni ko’paydi, ularga iqtidorli yoshlar qabul qilindi. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.L.Myasnikov shu dargohda ish faoliyatini o’qituvchidan boshlab fakultet dekanigacha bo’lgan hamma bosqichlarni bosib o’tdi. Umrining so’nggi daqiqalarigacha yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdek oliyjanob ishga sarflab keldi. Kurash bo’yicha G.G.Ayvazov, V.A.Alyoxin basketbol, R.R.Murtazin gimnastika, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Gaydes jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo’yicha yoshlarga ta’lim-tarbiya berdilar. 1965-yil “Jismoniy tarbiya” fakulteti mustaqil fakultet bo’lib ajralib chiqdi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi O.Z.Ergashev tayinlandi. Fakultetga talabalar o’zbek va rus guruhlariga alohida-alohida qabul qilindi. Fakultetning moddiy bazasi yaxshilandi. Kafedrada sezilarli o’zgarishlar qilindi. Fakultet talabasi F.Pak boks bo’yicha sobiq SSSR, Yevropa birinchiligida g’alabalarga erishib xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi, fakultetning obro‘yi va nufuzi butun Respublikaga tanila boshladi.

DekanJumaqulov Zoxidjon Patidinovich
4 kafedralar75 professor-o'qituvchilar
Batafsil
07

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti

2020-yilda Andijon davlat universitetining “Fizika-matematika” fakulteti negizida “Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi” fakulteti ochilgan. Bu fakultet 2024-2025-yilida “IT injiniringi” fakulteti sifatida qayta nomlanib faoloiyatini davom ettirgan. 2025-2026-yillarda “Fizika-matematika va IT” fakulteti tarkibida faoliyatini davom ettirgan. 2026-yil 2-sentabrdan universitet tarkibiy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritilishi munosabati bilan mustaqil fakultet sifatida “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar” fakulteti tashkil etilgan.

DekanMaxkamov Madaminjon Komilovich
2 kafedralar52 professor-o'qituvchilar
Batafsil

Abituriyentlarga

1931-yildan buyon Farg'ona vodiysining ilm-fan va ta'lim markazi. Zamonaviy bilimlar, boy an'analar va cheksiz imkoniyatlar.

Hujjat topshirish