Magistratura bo‘limi

ASQAROV NODIRBEK IBRAGIMOVICH
Bo'lim boshlig'i
Magistratura bo‘limi haqida
2002-yilda Andijon davlat universitetining Magistratura bo‘limi ochilgan. Dastlab magistratura bo‘limida 7 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘qituv boshlangani qayd etilgan.2020/2021 yildagi o'quv yillarda 510 ta magistrant talabalar sonini bolgan bo'lsa, bu ko’rsakich 2025–2026 o‘quv yilida ADU magistratura bo‘limida jami 569 nafar magistrant tehsil olmoqda. Magistrantlarning asosiy qismini 1-kurs talabalar tashkil etadi (63.6%). Grant asosida ta’lim olayotganlar soni 232 nafar bo‘lib, magistrlarning qariyb 41foizini tashkil etadi. Kunduzgi, kechki va masofaviy shakllardagi ta’lim imkoniyatlari kengaygan bo‘lib, jami 74 nafar magistrant mazkur shakllarda o‘qimoqda. Andijon davlat universiteti magistratura mutaxassisliklariga 2025/2026 o‘quv yili uchun 27 ta mutaxassiliklariga qabul jarayoni tashkil etildi. Ushbu mutaxassisliklariga jami 385 nafar magistrant 1-bosqichga talabalar safiga qabul qilindi. Shundan, 162 nafari davlat granti asosida. 200 nafari esa to‘lov shartnomas asosida, shuningdek, 23 nafar magistrant qo‘shimcha qabul asosida talabalar safiga qabul qilindi. Magistratura bo‘limi tomonidan jami o‘qisha qabul qilingan magistrantlarni hujjatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib belgilangan nizomga asosan qabul qilindi. Shuningdek talablar safiga qabul qilish to'g'risida buyruq loyihasi hamda 385 nafar magistrantga Magistrlik dissertatsiya mavzulari va ularning ilmiy rahbarlarini tasdiqlash to‘g‘risidag univertsitet rektori burug‘i loyihasi, magistratura bo‘limi tomonidan shakillantirilidi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qabul jarayonini tashkiliy ta'minlash
- Magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash va himoya jadvallarini muvofiqlashtirish
- Magistrantlarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tashkil etish
- Magistratura o'quv rejalari ijrosini nazorat qilish
- Ilmiy rahbarlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hisobotlarini yuritish
Amalga oshirilgan ishlar
2025-2026 o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalarni tasdiqlash bo‘yicha hujjatlat tayyorlanib rahbariyatga kiritildi. Magistratura bo‘limi oliy ta’lim muassasasida magistratura bosqichining faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlovchi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Bo‘lim magistratura ta’lim jarayonini amaldagi qonunchilik hujjatlari, davlat ta’lim standartlari hamda oliy ta’lim muassasasining ichki me’yoriy hujjatlari asosida tashkil etadi va nazorat qiladi. Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul jarayonini tashkil etish, magistrantlarning shaxsiy hujjatlarini yuritish, o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish, magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi hamda himoya jarayonlarini nazorat qilish bo‘limning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat attestatsiyasi va yakuniy himoya jarayonlarini tashkillashtiradi, oliy ta’lim muassasasi rahbariyati hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladigan statistik, tahliliy va boshqa hisobotlarni tayyorlaydi.
Magistratura bo‘limi magistratura ta’limi sifatini oshirish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish, HEMIS va boshqa axborot tizimlarida ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlash, xalqaro hamkorlik va akademik mobillik dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilarning bandligini monitoring qilish hamda magistratura ta’limini rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ham faoliyat olib boradi.
Magistratura mutaxassislik talabalarini davomati Hemis dasturi orqali kunlik nazoratga olinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi
36-sonli Qarorning VI-bob “Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash” to‘g‘risidagi bandiga muvofiq Andijon davlat universiteti barcha mutaxassislik kafedralarining yg‘ilish bayonnomaliriga asosan universitet rektorining 2025-yil 23-noyabrdagi 824 sonli buyrug‘iga 1-kurs magistrantlariga dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi Magistratura to‘g‘risidagi 36-sonli Qarorini IV-bob 15-bandi hamda IX-bobning 49-bandlariga asosan bo‘lim boshlig‘i prof. N.A. Asqarov tomonidan 1- va 2- bosqich talabalarga yig‘ilish o‘tkazildi. Yigְ‘ilishda Ilmiy rahbarlari hamda magistrantlardan Magistratura talabasini kalendar ish rejasini bajarilishi hamda magistranti ilmiy rahbari bilan birgalikda olib borilayotgan magistrlik dissertasiyasi holati yuzasidan hisobotlar eshitildi. Andijon davlat universitetining jarayon jadvaliga muvofiq, barcha mutaxassisliklar uchun Hemis dasturiga dars jadvallari biriktirildi va joriy,oraliq va yakuniy nazorat ishlari olindi.
Tegishli me'yoriy hujjatlar
- «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-637, 23.09.2020)
- Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PF-5847, 08.10.2019)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiypedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PF-4456-son Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy talim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" qarori
Bo'lim xodimlari1
Yuldasheva Mubinaxon Baxtiyor qizi
Uslubchi
+998984650246