O‘quv-uslubiy boshqarma

ODILOV FURQAT UMARBEKOVICH
O‘quv-uslubiy boshqarma boshligʻi
O‘quv-uslubiy boshqarma haqida
O‘quv-uslubiy boshqarma boshligʻi
O‘quv-uslubiy boshqarma-o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv-uslubiy boshqarma universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan etnik kelib chiqishi, dini, nogironlik immigratsiya maqomi yoki jinsidan qat’i nazar, Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun hujjat topshirishi hamda tanlovda erkin ishtirok etishlarida cheklovlar yo‘q. Andijon davlat universitetida etnik kelib chiqishi, dini, nogironlik immigratsiya maqomi yoki jinsidan qat’i nazar professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar oliy ta’lim muasasasida ommaviy o‘tkazladigan barcha davlat tadbirlarda faol ishtirok etishlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi to‘liq amalga oshirilib kelinmoqda.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- O'quv rejalari va fan dasturlarini davlat ta'lim standartlariga muvofiq ishlab chiqishni muvofiqlashtirish
- Dars jadvallari, o'quv yuklamalari va auditoriya fondini rejalashtirish
- O'quv jarayonining kredit-modul tizimida tashkil etilishini nazorat qilish
- Fakultetlar va kafedralar o'quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish
- HEMIS axborot tizimida o'quv jarayoni ma'lumotlarini yuritilishini nazorat qilish
- Yakuniy davlat attestatsiyasi va oraliq nazoratlarni tashkiliy ta'minlash
Tegishli me'yoriy hujjatlar
- «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-637, 23.09.2020)
- Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PF-5847, 08.10.2019)
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: Oliy talim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida
- NIZOM: 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oliy taʼlim tashkilotlarida oʻquv-uslubiy boshqarma faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi
Bo'lim xodimlari1
Usmonov Jahongir Nishonboyevich
Boshqarma boshlig'i o'rinbosari
+998901091337