Ta'lim sifati nazorati bolimi

Ro'zmatov Ergashali Yuldashevich
Ta'lim sifati nazorati bolimi
Ta'lim sifati nazorati bolimi haqida
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining ishlash nizomi 2023-yil 10-apreldagi Andijon davlat universiteti rektorining “Andijon davlat universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risida”gi nizomga asosan faoliyat yuritadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli buyrug‘i, 2024-yil 14-oktabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida antiplagiat dasturlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 381-sonli buyrug‘i, 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-sonli buyrug‘i, 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholashdagi norozilik bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish va talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida”gi 451-sonli buyrug‘i.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- O'quv mashg'ulotlari sifatini o'rganish va ochiq darslar monitoringini olib borish
- Professor-o'qituvchilar faoliyatini reyting asosida baholashda ishtirok etish
- Talabalar va ish beruvchilar o'rtasida qoniqish so'rovnomalarini o'tkazish va tahlil qilish
- Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat inspeksiyasi tekshiruvlariga tayyorgarlikni muvofiqlashtirish
- Attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlarini tashkiliy-uslubiy ta'minlash
- Sifat menejmenti bo'yicha takliflarni rahbariyatga kiritish
Amalga oshirilgan ishlar
Bo‘lim faoliyati ta’lim sifatini uzluksiz oshirish, ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda universitet dasturlarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlashga qaratildi.
O‘quv-me’yoriy hujjatlar tahlili
6 ta fakultet va 27 ta kafedrada o‘quv rejalar, sillabuslar va fan dasturlarining me’yoriy talablarga muvofiqligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar berildi.
Professor-o‘qituvchilar salohiyati
Pedagoglarning dars berish sifati (mart oyida 26 nafar) va ularning ilmiy salohiyati nazorat qilindi. 392 nafar o‘qituvchi va 5 538 nafar talaba o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnomalar natijalari tahlil etilib, sifatni oshirish bo‘yicha takliflar kiritildi.
Nazorat va baholash
Yakuniy nazoratlar shaffofligi, test banklari va baholash mezonlari HEMIS platformasi talablari asosida tekshirildi. Bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari StrikePlagiarism.com orqali plagiatga qarshi tekshiruvdan o‘tkazildi.
Monitoring va texnologiyalar
HEMIS platformasidagi dars jadvallari, davomat va o‘quv resurslari, shuningdek, masofaviy ta’lim jarayonlari uzluksiz kuzatib borildi. Axborot-resurs markazi faoliyati va kutubxonalar holati nazorat qilindi.
Xalqaro akkreditatsiya
ACQUIN xalqaro akkreditatsiyasi doirasida hujjatlarni shakllantirish va dastlabki ekspertizadan o‘tkazish ishlari muvofiqlashtirildi.
Barcha monitoring natijalari tahlil qilinib, Universitet Kengashi yig‘ilishlarida muhokama etildi hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tegishli me'yoriy hujjatlar
- «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-637, 23.09.2020)
- Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PF-5847, 08.10.2019)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–76-son Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi “O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 498-son qarori
Bo'lim xodimlari2
Komilov Nurmuhammad Abduqaxxor o'g'li
Ta'lim sifatini ta'minlash bosh mutaxassisi
+998 90 541 20 27

Abdusamatov Samandarjon Ro'zimahammad O'g'li
Ta'lim sifatini ta'minlash bosh mutaxassisi
+998-90-060-17-47