Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

XASANOV ILYOSBEK IBROXIMJONOVICH
Rahbar

XASANOV ILYOSBEK IBROXIMJONOVICH

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Telefon+998 91 606-22-66Elektron pochtaird@adu.uzQabul kunlariSeyshanba – Chorshanba, 10:00–16:00

Xalqaro hamkorlik bo‘limi haqida

Xalqaro hamkorlik bo‘limi Andijon davlat universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, universitet Kengashi qarorlari hamda Ustaviga va universitet rektori buyruqlariga amal qiladi. Bo’limning maqsadi universitetning xalqaro faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda xalqaro taʼlim va ilmiy hamjamiyatlarda Andijon davlat universitetini obroʻsini mustahkamlashdan iborat. Xalqaro hamkorlik bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari

  • Xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalarini tayyorlash
  • Talabalar va o'qituvchilarning akademik mobillik dasturlarida ishtirokini tashkil etish
  • Erasmus+, El-yurt umidi kabi xalqaro dastur va grantlar bo'yicha arizalarni muvofiqlashtirish
  • Xorijiy fuqarolarni o'qishga qabul qilish jarayonlarini hujjatlashtirish
  • Xalqaro delegatsiyalar tashriflarini tashkil etish va protokol ishlarini yuritish
  • Qo'shma ta'lim dasturlari va qo'sh diplom loyihalarini rivojlantirish

Amalga oshirilgan ishlar

Xalqaro hamkorlik natijasida ushbu o‘quv yilida 200 ga yaqin professor-o‘qituvchilar dunyoning nufuzli OTMlariga malaka oshirish, ilmiy tadqiqot, ilmiy-amaliy konferensiya va xizmat safarlariga yuborildi.

Xorijiy OTMlardan 70 ga yaqin professor-o‘qituvchilar universitetning o‘quv jarayoniga jalb etildi.

Universitetning 21 nafar talaba va magistrantlari xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etishdi. Andijon davlat universitetida 38 nafar hamkor OTM talabalari qisqa muddatli akademik almashinuv dasturi asosida tahsil olishdi.

Shuningdek, ushbu o‘quv yilida Yevropaning Erasmus+ dasturining quyidagi 2 ta xalqaro loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi:

ECAMPUZ

2023-yildan 2026-yilga qadar Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” fondi tomonidan moliyalashtirilgan “101083216 — ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning byudjeti 717 355 € ni tashkil etadi.

DEBSEUz

Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida “Oliy ta’lim potensialini oshirish” yo‘nalishida 2023-yilda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda universitet tomonidan taqdim etilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda “Quyosh energiyasi” yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlash va mutaxassislarni kasbiy qayta tayyorlashdir.

Tegishli me'yoriy hujjatlar

Bo'lim xodimlari1

Azimjonov Axrorbek Otabek o'g'li

Azimjonov Axrorbek Otabek o'g'li

Uslubchi