Yoshlar ittifoqi

Toxirov Shohjoxon Komiljon o’g’li
Yoshlar ittifoqi
Yoshlar ittifoqi haqida
Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlaming huquq va manfaatlarini himoya qilish, ulami ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatini Ittifoqning boshlang‘ich tashkiloti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-martdagi 6 Q/Q sonli, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 29-martdagi - Q/Q- sonli qaroriga bilan tastiqlangan Qo’shma qarorga muvofiq amalga oshiradi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi oliy ta’lim muassasining rektorining yoshlarmasalalari bo‘yicha maslahatchisi xisoblanadi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Talaba-yoshlarni ijtimoiy faollikka jalb etish va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish
- Yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va loyihalar tanlovlarini o'tkazish
- Volontyorlik harakatini rivojlantirish va xayriya aksiyalarini tashkil etish
- Talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish — klublar, festivallar, tanlovlar
- Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha murojaatlar bilan ishlash