Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

Hasanov Jasurbek Mamatqodirovich
Fakultet haqida
Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti Andijon davlat universitetining yetakchi fakultetlaridan biri bo‘lib, tarix, arxivshunoslik, muzeyshunoslik, sotsiologiya, ijtimoiy ish hamda psixologiya sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Fakultetning tarixi 1992-yilga borib taqaladi: shu yili Andijon davlat pedagogika instituti negizida Andijon davlat universiteti tashkil etilishi munosabati bilan avval yagona bo‘lgan tarix-filologiya fakulteti ikkiga — tarix va filologiya fakultetlariga ajratildi.
Bugungi kunda fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi: Ijtimoiy fanlar, Psixologiya va pedagogika, Jahon tarixi hamda O‘zbekiston tarixi kafedralari. Fakultetda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha kuchli ilmiy maktab shakllangan bo‘lib, kafedra huzuridagi ilmiy kengashda yuzga yaqin fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoya qilingan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari o‘quv-tarbiyaviy jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etib, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etadi hamda ularning tarixiy tafakkuri, huquqiy va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratadi. Fakultetga dotsent Hasanov Jasurbek Mamatqodirovich dekanlik qilmoqda.
Kafedralar
Tyutorlar5






