Ibragim Asqarov

Universitet olimlari
Ibragim Asqarov
ADU Kimyo kafedrasi professori
Kimyo, tovarlar kimyosi«Ferrotsen kimyosi maktabi asoschisi, «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ixtirochi va ratsionalizator»»
Ibragim Raxmanovich Asqarov 2005-yildan buyon Andijon davlat universiteti Kimyo kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda. U kimyo, texnika va tibbiyot fanlari bo'yicha 30 dan ortiq fan doktori va 50 dan ortiq fan nomzodi hamda falsafa doktoriga ilmiy rahbarlik qilgan. Olim 1100 dan ortiq ilmiy ish, jumladan 14 ta darslik, 13 ta mahalliy va 6 ta xorijiy monografiya, 31 ta o'quv qo'llanma muallifi. 1997-yilda uning fan pasporti asosida OAKda «Tovarlar kimyosi» (02.00.09) ixtisosligi rasmiy ro'yxatga olingan.
Asosiy yutuqlar
- 30+ fan doktori va 50+ fan nomzodi / PhD tayyorlagan
- 1100+ ilmiy ish, 14 ta darslik
- 6 ta O'zbekiston patenti, 30+ mualliflik guvohnomasi
- «Siakrin» bioyelimlari va 10+ biostimulyator ixtirochisi
- «Xalq ta'limi a'lochisi», «Oliy ta'lim a'lochisi» ko'krak nishonlari