Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin
Xusanov Alijon Karimovich
Kafedra mudiri

Xusanov Alijon Karimovich

Telefon+99890 203 31 24Elektron pochtaa_xusanov75@mail.ruQabul kunlariDushanba–Juma, 8:00–16:00

Kafedra haqida

Kafedra 1931-yilda “Tabiiy fanlar” nomi bilan tashkil etilib, biologiya va kimyo yo‘nalishida o‘qituvchilar tayyorlashni boshlagan. Dastlab yagona kafedra sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan uning tarkibiy tuzilmasi va ilmiy salohiyati mustahkamlandi. Farg‘ona pedagogika institutining olimlari — prof. S.V. Avrinsev va S.P. Deyneka jalb etilishi kafedraning rivojiga sezilarli hissa qo‘shdi. 1957-yilda dotsent (keyinchalik prof.) G‘.X. Abdullayev rektor etib tayinlangach, ilmiy darajali mutaxassislarni ko‘paytirish, yosh kadrlarni jalb etish va yangi kafedralar tashkil etishga e’tibor kuchaydi. 1992-yilda institut universitet maqomini olgach, kafedra “Biokimyo va biofizika” nomi bilan qayta tashkil etilib, unga akademik A. Qosimov rahbarlik qildi. Shu davrda o‘simlik fiziologiyasi bo‘yicha, ayniqsa yangi paxta navlarini yaratish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar yo‘lga qo‘yildi va “Fitotron” laboratoriyasi tashkil etildi. 1997-yildan “Biologik faol moddalar” laboratoriyasida biostimulyatorlarning o‘simliklarga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borila boshlandi. Kafedra mudirlari: 1982–1992 — akademik A. Qosimov, 1992–1999 — dots. Q. Qo‘chqarov, 1999–2001 — prof. L. Saidboyeva, 2001–2003 — b.f.n. A. Sheraliyev, 2003–2004 — b.f.n. G‘. Jo‘raqulov, 2004–2007 — dots. E. Xalilov, 2007–2011 — prof. K. Tojiboyev. 2011-yilda “Biokimyo va biofizika” hamda “Zoologiya” kafedralari birlashtirilib, “Zoologiya va biokimyo” kafedrasi tashkil etildi. 2011–2018-yillarda dots. D.S. Tuychiyeva rahbarlik qilgan, 2018-yildan esa “Biologiya” kafedrasiga b.f.d. (DSc) prof. A.K. Xusanov boshchilik qilmoqda. Kafedra olimlari orasida prof. G.K. Dubovskiy (1958-yildan) saratonlar faunasini o‘rganib, 350 dan ortiq tur, 3 yangi urug‘ va 1 kenja urug‘ni aniqlagan. Prof. M.H. Axmedov (1980–1995) O‘rta Osiyo shiralari faunasini tadqiq etib, 10 dan ortiq yangi turlarni fanga kiritgan. Shu davrda Farg‘ona vodiysi zoologik tadqiqotlar markaziga aylandi. Prof. A.K. Xusanov rahbarligida ko‘plab yosh mutaxassislar tayyorlanib, ular biologiya fanining rivojiga hissa qo‘shmoqdalar.

  • 70510103 – Biofizika va biokimyo.
  • So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biologiya fanining turli yo‘nalishlariga ilmiy faoliyat yuritib kelmoqda. Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi va tarqalishini o‘rganish hamda noyob turlarni muhofaza qilishning nazariy va amaliy muammolarini hal etish. Hasharotlarni molekulyar-genetik tahlillar asosida o‘rganish va ularni ma’lumotlarini Xalqaro gen banki bazasiga kiritish. - Azot fiksasiyalovchi mikroorganizmlarni ajratib olish va ular asosida biologik o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. Tirik organizmlarda modda va energiya almashinuvi jarayonlarini o‘rganish va ularni tadqiq etishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish. Farmasevtik xususiyatga ega bulgan dorivor o‘simliklarni in vitro usulda kupaytirish - Ksenobiotiklar (kimyoviy vositalar)ni tirik organizmlar organ va hujayralariga ta'siri va ularni o'simlik faol moddalari asosida korreksiyalash yo'llarini tadqiq qilish.
  • “Sitologiya” (I. Badalxo‘jaev, T. Madumarov, 2020)
  • “Hayvonlar ekologiyasi” (A. K. Xusanov, 2022)
  • “Gistologiya” (I. Badalxo‘jaev, 2021)
  • “O‘simliklar fiziologiyasi” (F. M. To‘xtaboeva, D. S. To‘ychieva, 2023)
  • “Biologik xilma-xillikni saqlash masalalari” (K. Zokirov, 2024)
  • “Учебник по цитологии” (И. Бадалхўжаев, А. Хусанов, 2022)
  • “Гистология и эмбриология” (И. Бадалхўжаев, 2022)
  • “Ornitologiya” (A. M. Ummatov, A. K. Xusanov, 2024)
  • “Zoogeografiya” (A. M. Ummatov, 2024; F. Yuldashev, A. Ummatov, 2021)
  • “Biokimyo asoslari” (M. Ikromova, 2022)
  • “Biologiyaning dolzarb muammolari” (A. K. Xusanov va boshq., 2022)

Ilmiy faoliyat

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • “Biotexnologiyaning zamonaviy tadqiqot usullari” (D. To‘ychieva, 2022)

Ta'lim yo'nalishlari

  • 70510101 – Biologiya
  • 70510103 – Biofizika va biokimyo.
  • 70710201 – Biotexnologiya

O'qitiladigan fanlar

  • Sitologiya, gistologiya, embriologiya
  • Bioximiya va sport bioximiyasi
  • Biokimyo va molekulyar biologiya
  • Mikrobiologiya va virusologiya
  • Biotexnologiyada xavfsizlik
  • Biologiya o‘qitish metodikasi

Professor-o'qituvchilar19