Muhandis-dasturchi
Lavozim vazifalari
- Raqamli ta'lim platformalari (Moodle, ERP, veb-portallar) uchun yangi modullar ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash;
- Tizimlar o'rtasida API integratsiyasini amalga oshirish va sozlash;
- OWASP standartlariga muvofiq xavfsiz kod yozish;
- Yozilgan kod va tizim o'zgarishlarini Git versiyalash tizimida saqlash;
- Texnik hujjatlar va foydalanuvchi qo'llanmalarini o'zbek va rus tillarida tayyorlash;
- Kod review jarayonlarida ishtirok etish, testlash va sifat nazoratini olib borish;
- Bo'lim boshlig'i tomonidan berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshiradi;
Malaka talablari
- Oliy ma'lumotga ega bo'lishi
- Yo'nalishi bo'yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo'lishi
Bilishi kerak
Universitet masalalariga oid qarorlarni, axborot texnologiyalariga oid yangiliklarni, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlarini, universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, me'yoriy hamda boshqa ma'muriy hujjatlarni, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib-qoidalarini bilishi kerak.
Klassifikator ma'lumotlari
- Lavozim nomi: Muhandis-dasturchi
- MMSK bo'yicha kod: 2132
- Xodimlar toifasi: M
- Ma'lumotning eng past darajasi: Oliy ma'lumot
Ariza topshirish
Nomzodlar rezyume va oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari yoki universitet devonxonasiga shaxsan topshirishlari mumkin. Suhbat bosqichiga o'tgan nomzodlar bilan alohida bog'laniladi.