Tarmoq adminstratori
Lavozim vazifalari
- Universitetning tarmoq xavfsizligini ta'minlash: firewall, IDS/IPS, DMZ konfiguratsiyasi;
- Foydalanuvchilarning tarmoqqa kirish huquqlarini (AAA: Authentication, Authorization, Accounting) boshqarish;
- Tarmoq trafigini real vaqtda monitoring qilish va shubhali faollikni aniqlash;
- VPN tunnellarini va shifrlangan aloqa kanallarini o'rnatish va boshqarish;
- Wi-Fi tarmog'ini xavfsizlashtirilgan holda sozlash va nazorat qilish (WPA3, 802.1X);
- Tarmoq uskunalari (router, switch, firewall) konfiguratsiyasining zaxira nusxalarini saqlash;
- Ruxsatsiz kirish urinishlarini bloklash va inssidentlar haqida hisobot berish;
- IP reputatsiya tizimlari va DNS filtrlash orqali zararli resurslarni bloklash;
- Kvartal va yillik tarmoq xavfsizligi hisobotlarini tayyorlash;
Malaka talablari
- Oliy ma'lumotga ega bo'lishi
- Yo'nalishi bo'yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo'lishi
Bilishi kerak
Universitet masalalariga oid qarorlarni, axborot texnologiyalariga oid yangiliklarni, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlarini, universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, me'yoriy hamda boshqa ma'muriy hujjatlarni, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib-qoidalarini bilishi kerak.
Klassifikator ma'lumotlari
Lavozim nomi: Tarmoq adminstratori
MMSK bo'yicha kod: 2132
Xodimlar toifasi: M
Ma'lumotning eng past darajasi: Oliy ma'lumot
Ariza topshirish
Nomzodlar rezyume va oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari yoki universitet devonxonasiga shaxsan topshirishlari mumkin. Suhbat bosqichiga o'tgan nomzodlar bilan alohida bog'laniladi.