Davlat imtihonlari va bitiruv ishlari
Bitiruvchi kurs talabalari uchun davlat yakuniy attestatsiyasi har yili may-iyun oylarida o'tkaziladi.
Attestatsiya shakllari
- Mutaxassislik fanidan davlat imtihoni
- Bitiruv malakaviy ishi (BMI) himoyasi
- Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi
Muhim muddatlar
- BMI mavzularini tasdiqlash — noyabr
- Dastlabki himoya — aprel oxiri
- Yakuniy himoya — iyun boshi
Himoyalar davlat attestatsiya komissiyasi huzurida ochiq tarzda o'tkaziladi. Magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va himoya jadvallari saytda e'lon qilinadi.