Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin
Yangilik

Andijon davlat universiteti talabalari xalqaro olimpiadada muvaffaqiyat qozondi

14-may, 2026-yil672 ko'rildi

Qozog‘iston Respublikasining Qorqit Ata nomidagi Qizilo‘rda universiteti hamda Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti hamkorligida talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida pedagogika yo‘nalishi talabalari o‘rtasida tabiiy fanlar bo‘yicha IV Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada Andijon davlat universiteti talabalari ham munosib ishtirok etdi. Jamoaviy bellashuvlarda Huquq-iqtisod fakulteti Geografiya va geoaxborot tizimlari kafedrasi dotsenti Maxmudjon Gopirov rahbarligidagi universitet jamoasi tarkibida Oloviddin Tursunov, Muhammadmuso Maxmudov hamda Islombek Jurayev qatnashib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Xalqaro maydonda universitet nufuzini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishgan talabalar hamda ularning ustozlarini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz.