
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi. Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Bakalavr diplomi; ▪️Chet tilini bilish sertifikati. 📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati. ❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: 1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari; 2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar); 3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.