Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin
Tadbir

“Yoshlar kuni” doirasida talabalar uchun Big Data va sun’iy intellekt mavzusida amaliy master-klass o‘tkazildi

14-may, 2026-yil553 ko'rildi

Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida sun’iy intellektdan samarali foydalanish hamda IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida “Big Data” texnologiyalari va neyrotarmoqlar yordamida ilmiy tahlillarni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy master-klass tashkil etildi.

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor hamda tajribali mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga katta hajmdagi ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy tahlil usullaridan samarali foydalanish, shuningdek, ilmiy tadqiqot jarayonlarini bir necha barobar tezlashtirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.