Ilmiy jurnallar
«Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin» jurnali
E-ISSN: 2181-306X. Muassis — Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti. Rasmiy sayt: ajhuman.uz
2009–2019-yillarda universitet muassisligida «Ilmiy xabarnoma – Научный вестник» (ISSN 2091-5780) nomi bilan ilmiy jurnal chop etilgan. U Andijon viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 04-039-raqam bilan ro‘yxatga olingan va 2020-yilga qadar yiliga 4 marta muntazam chiqarilgan.
2019-yilda undan «Ilmiy xabarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari» (ISSN 2181-0702) jurnali ajralib chiqib, mustaqil nashr sifatida chop etila boshladi. 2020-yildan jurnal seriyalarga ajratilgan holda qayta tashkil etilib, «Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin» nomi bilan 2020-yil 7-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 1097-raqam bilan ro‘yxatga olindi.
2025-yil 3-martda jurnal internet global tarmog‘i orqali tarqatiladigan nashr sifatida №676359-raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi (E-ISSN: 2181-306X).
Hozirgi seriyalar (2025)
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Ijtimoiy fanlar – Scientific Bulletin. Series: Social Research
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Pedagogical Research
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Biologik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Biological Research
Jurnalning maqsad va vazifalari
Jurnalning maqsadi — mutaxassis va olimlarning ilmiy-uslubiy ahamiyatga molik maqolalari, ilmiy axborotlari, ixtirolari, yangi izlanish natijalari va ularni ishlab chiqarishga qo‘llashga doir tavsiyalarini e’lon qilish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish.
- Universitetda va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishtirib borish
- Ilmiy tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish
- Turli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalardagi tadqiqotlarning o‘zaro muvofiqlashtirilishiga qo‘shimcha imkon yaratish
- Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ko‘maklashish
Jurnal tabiiy, ijtimoiy va gumanitar sohalarga ixtisoslashgan bo‘lib, yiliga 8 marta (har bir seriya 2 marta) chiqadi. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Barcha maqolalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan taqrizdan o‘tkaziladi; e’lon qilinish muddati maqola tahririyatga kelib tushganidan keyin bir yilgacha bo‘lishi mumkin. E’lon qilingan sonlarning to‘liq matni «Arxiv» bo‘limida joylashtiriladi.
Tahririyat manzili: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy, Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi. E-mail: adu_xabarnoma@mail.ru
«Vodiynoma» jurnali
«Vodiynoma» — universitet olimlari ishtirokida chop etiladigan tarixiy-ilmiy jurnal bo‘lib, unda vodiy va O‘zbekiston tarixi, jadidchilik harakati, qatag‘on qurbonlari xotirasi hamda tarixiy manbashunoslikka oid maqolalar e’lon qilinadi.
2024-yil 2-son (35)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi «Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish» qarori (to‘liq matn)
- O‘zbekiston qirg‘izlariga oid tarixiy-etnografik ma’lumotlar — Otabek Abduraupov
- O‘sh davlat universitetida bo‘lib o‘tgan qirg‘iz xalqi tarixiga oid xalqaro anjuman — M.Xudoyorov, J.Iminov, A.Mahkamov
- Ta’lim bor joyda tarbiya bo‘lishi shart — prof. Akramjon Yuldashev
- Andijonlik jadidlar – qatag‘on qurbonlari — R.Shamsutdinov, A.Mahkamov, N.Akbarova
- «Katta terror»da qatag‘on qilingan milliy rahbar xodimlar — R.T.Shamsutdinov
- Jadid Abdurahmon Abdullaxonov – qatag‘on qurboni — R.T.Shamsutdinov, N.Akbarova
- Muhammad Odiliy — R.T.Shamsutdinov
- Xodiev (Botu) Mahmud Maqsudovich — R.T.Shamsutdinov
- DARXON gazetasi, 1923-yil 10-avgust, 13-son (tarixiy matbuotdan)
- O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi vujudga kelishi tarixidan — Azizbek Mahkamov
- Fayzulla Sultonov – «Katta terror» qurboni — Rustambek Shamsutdinov
- Bahodir Jo‘raevich Eshov 60 yoshda
- Jadidlar (she’r) — Faridaxon Hoshimova
- Yangi chop etilgan tarixiy kitobga taqriz
2025-yil 1-son (38)
- Jadidchilikni o‘rganish masalalariga doir mulohazalar — prof. Rustambek Shamsutdinov
- Qatag‘on qurbonlari – jadidlar: Sattor Xo‘jayev, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Abdulhamid Cho‘lpon
- Mullo Xolbek ibn Muso Andijoniy – yetuk shoir va tarixnavis — Iskandar Madg‘oziyev
- Milliy ozliklar va xorijliklar – qatag‘on qurbonlari
- История казахов: О попытках прочтения этнонима «қарлуқ» как «қазақ» — T.Chorotegin
- «Tarixiy xotira beqiyos» kitobi haqida mulohazalar
- Qatag‘on qurboni bo‘lgan prokurorlarning xotirasi mangu yashaydi — O‘.Ubaydullayev, J.Iminov, A.Mahkamov
- O‘zbekistonlik mahbuslar Moskva–Volga kanali qurilishida — J.Hasanov
- O‘rta Zarafshon vohasida Karmana shahri shakllanishi va toponimikasi tarixidan — J.Savriyev
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 60 yoshda — R.Shamsutdinov, G.Valixonova
2025-yil 2-son (39)
- Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi 475 yilligining nishonlanishi — F.Nabiyev, B.Jumonqulov
- Milliy yuksalish jarayonida tarix fani oldidagi dolzarb muammolar — F.Nabiyev, B.Jumonqulov
- Turkiston o‘lkasida safarbarlikka qarshi xalq harakatlari — S.To‘raxo‘jayev
- 1937–1938-yillardagi «Katta terror»da Ukrainada qatag‘on qilingan o‘zbeklar — R.Shamsutdinov, A.Mamajonov, M.Akbarova
- 1937–1938-yillardagi «Katta terror»da Shimoliy Kavkazda qatag‘on qilingan o‘zbeklar — R.Shamsutdinov, A.Mamajonov, M.Akbarova
- 1937–1938-yillardagi «Katta terror»da Shimoliy Qozog‘istonda qatag‘on qilingan o‘zbeklar — R.Shamsutdinov, A.Mamajonov, M.Akbarova
- Jonkuyar jadid tarixchisi — U.Quvvataliyev
- O‘rganilishi lozim bo‘lgan jadidchi «Milliy qo‘mita» tashkiloti haqida — R.T.Shamsutdinov, A.Maxkamov
- Qatag‘on qilingan jadidlar va ziyolilar (O.Dadaxo‘jayev, M.Xo‘jayev, Q.Yunusov, H.Hismatov, X.Ataullayev, M.Odiliy, A.Abduvaxobxo‘jayev, A.Yo‘ldoshqoriyev, M.Karimboyev, A.Aydarov) — R.Shamsutdinov, A.Maxkamov, N.Akbarova
- Tergov qiynog‘ida halok bo‘lgan Davlat Rizayev fojiasi hujjatlarda — R.Shamsutdinov, A.Maxkamov, N.Akbarova
- Bir kunda qatl etilgan respublika yoshlari yetakchilari — R.Shamsutdinov, A.Maxkamov, N.Akbarova
- O‘zbekistonlik mahbuslar Moskva–Volga kanali qurilishida — Jasur Hasanov
- Janubiy Ural sanoat korxonalariga safarbar qilingan mehnat armiyachilarining moddiy-maishiy va oziq-ovqat ta’minoti — Xurshid Qurbonov
- Davlat boshqaruvida ayolning roli — Ozoda Islamova
- DARXON gazetasi, 1923-yil 22-avgust, 16-son — R.T.Shamsutdinov, Sh.Qahhorov
- Отзыв на книгу «Жертвы большого террора (1937–1938 гг.)» — Zeynalova Mahfuza
2025-yil 3-son
- Xorazm jadidchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va farqli jihatlari — Umid Bekmuhammad
- Jadidchi «Alamzadalar jamiyati» — R.Shamsutdinov, A.Mahkamov
- Jadid ma’rifatparvarlari merosi – «Uchinchi Renessans» poydevori — Bahodir Ma’murov
- «Jadid gazetasi kutubxonasi»da chop etilgan maqolalar to‘plami — Sh.Hayitov, A.Hamroyev
- Bir yillik faoliyat sarhisobi — Muxtorjon Xudoyorov
- Andijonda tarix muzeyi shakllanishiga doir — Islomjon Karimov
- Vodiyning nozikta’b ijod sohibi — O.Barziyev, M.Abduqahhorova
- Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilishi va Farg‘ona vodiysidagi qurolli qarshilik harakati — Anvarjon Abduqahhorov
- Jo‘rabek Toshmuhammedov – qatag‘on qurboni — R.T.Shamsutdinov, K.N.Baltabayeva
- Fojiali taqdirlar — R.Shamsutdinov, A.Mahkamov
- Jumaboy Qurbonov — S.Nurjanov, A.Kudiyarov, A.Alimbetov