Vodiynoma - tarixiy meros
"Vodiynoma" — ilm-fan, ijtimoiy-tarixiy jarayonlar va ma'rifiy-ommabop yo'nalishlarni o'zida mujassam etgan nufuzli nashrlardan biridir. Ushbu jurnal sahifalarida vodiymizning qadimiy o'tmishi, boy madaniy merosi hamda bugungi kundagi bunyodkorlik ishlari ilmiy asosda keng yoritib boriladi.
Nashrning asosiy maqsadi kitobxonlarning tarixiy tafakkurini boyitish, ilmiy izlanishlar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish va milliy o'zlikni anglash tuyg'ularini yanada kuchaytirishdan iborat. Jurnalda taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda ijodkorlarning qiziqarli maqolalari, tahliliy materiallari va ocherklari muntazam ravishda chop etiladi.
Shuningdek, nashr ilm-fan olamidagi so'nggi yangiliklar, tarixiy shaxslar hayoti va ijodiga bag'ishlangan qimmatli ma'lumotlari bilan barcha kitobxonlar uchun ishonchli manba bo'lib xizmat qiladi.